Guli Hamroyeva




Guli Razzoqovna Hamroyeva (02.12.1946, Toshkent — 16.04.2023) — balerina, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1983). Razzoq Hamroyevnnj qizi. 1966-yil Toshkent xoreografiya bilim yurtining "balet artistkasi" ixtisosligi, 2001-yil Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabining "baletmeyster-rejissyor" ixtisosligi boʻyicha tugatgan. 1966-yildan Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida avval balet raqqosasi, 2000-2002-yillar balet direktori, 2002-yildan pedagogrepetitor. 2002-yildan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabining rek-tori. "Boqchasaroy favvorasi" (Zare-ma), "Don Kixot" (Kitri), "Esmeral-da" (Esmeralda), "Spartak" (Egina), "Sevgi tumori" (Chundari), "Jizel" (Mirta), "Oqqush koʻli" (Oqqush va ispancha raqs), "Zolushka" (Ugay ona), "Ispan miniatyuralari" (Ispan qiz), "Kar-men" (Karmen), "Korsar" (Gulnora), "Nasriddin sarguzashtlari" (Nasrid-dinning xotini), "Kleopatra" (Kle-opatra), "Jonlangan miniatyuralar" (Kanizak) kabi spektakllarda asosiy rollarni ijro etgan. Lirizm, psixo-logik teranlik, nafis harakat, xoreografik imo-ishora va harakatlarda u noyob uygʻunlikka erishdi. Raqqo-saning inson hissiyotlari, ichki kechinmalarini raqs harakatlarida mohirona yetkazishida oʻziga xos tahlili koʻzga tashlanadi. "Dilorom" (Di-lorom), "Semurg" (Parizod) kabi filmlarda suratga tushgan. H. hayoti va ijodiga bagʻishlangan "Bolero" hujjatli filmi ishlangan (1995).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Guli Hamroyeva haqida quyidagi ma’lumotlarni berishim mumkin. Ammo siz aniq qaysi sohadagi Guli Hamroyevani qidirayotganingizni aniqroq bilsam, yanada to‘liqroq va tegishli ma’lumot taqdim eta olaman.

Agar Guli Hamroyeva san’at, ilm-fan, madaniyat yoki boshqa bir sohada mashhur bo‘lsa, iltimos, soha yoki faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumot bering.

Umuman olganda, Guli Hamroyeva O‘zbekistonda keng tarqalgan ismlardan biri bo‘lib, u turli sohalarda faoliyat yurituvchi shaxslarning ismi bo‘lishi mumkin. Agar sizga aniq bir shaxs haqidagi ma’lumot kerak bo‘lsa, masalan, u san’atkor, olim, ziyoli yoki davlat xizmatchisi bo‘lsa, ushbu yo‘nalish bo‘yicha so‘rashingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etsangiz, men sizga yana ko‘proq yordam bera olaman.



TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz