Guldasta




Guldasta — burj, tashqi devorlar tutashgan burchakda tirgak sifatida va ayni paytda, bezak maqsadida devorga qoʻshib tiklangan ustunsimon qurilma, kichik minora. Masjid, Madrasa, saroy kabi hashamatli binolarda asosan pishiq gʻishtdan ishlangan. Masjid devorlaridagi G.lar minora shaqlida boʻlib, undan muazzin azon aytishida foydalanilgan. G.lar gʻishtdan shakl berib, baʼzan devorga qoʻshib koshin bilan bezatilgan, yuqori qismiga sharafa ishlangan (Samarqanddagi Tillakori Madrasa G.si). Jamoat binolaridan asosan bezak maqsadida ishlangani bilan burjdan farqlanadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz