Gulchin Santirjiog`lu
Kategori:Türkçe Vikipedi ve Vikiveride resmi olmayan maddeler
Gulchin Santirjiog'lu (1977 yil 25 iyul Izmir da tug`ilgan) - turk seriali va kino aktrisasi.
Hayoti va faoliyati
Aktrisa 1977-yilda Izmirda tavallud topgan. Dokuz Eylul universiteti konservatoriyasining opera qo‘shiqchiligi bo‘limida tahsil olgan. Aktrisalik faoliyati bilan birga turli guruhlarda yakkaxon ijrochi, “Ruhi su” madaniyat va san’at jamg‘armasida musiqa o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Uning ilk uzun metrajli filmi "Türev" 2005-yil "Antaliya Altın Portakal Film Festivali" da eng yaxshi film mukofotiga sazovor bo'lgan. Bu filmda Sureyya roli bilan. U ÇASOD mukofotlarida "Umidli aktrisa" mukofotiga loyiq deb topildi. Klassikaga aylangan “ Elveda Rumeli ” serialidagi Xaticha roli butun mamlakatda tan olindi. 2007 yilda rejissyor Semih Kaplanog'luning " Yumurta, Süt, Bal " trilogiyasining birinchi filmida Nejat İşler, Saadet Ishil Aksoy va Ufuk Bayraktar bilan rol o'ynadi. Film turli milliy va xalqaro festivallarda mukofotlarga sazovor bo‘lgan. 2008-yilda u Kaan Keskin bilan bosh rollarni o'rtoqlashdi, "İki Çizgi" uchinchi badiiy filmi edi. 65-Venetsiya kinofestivali va 45-Antalya Altın Portakal Film Festivali, undan tashqari 30 dan ortiq milliy va xalqaro festivallarda ishtirok etgan. Keyinchalik u turli kino va teleseriallar loyihalarida ishtirok etgan. 2012-yilda “Badem” guruhining “Badem ve konuklari” albomida “Ala Gözlerini Sevdiğim Dilber” qo‘shig‘ini ijro etgan. 2013-yilda Rotterdamda boʻlib oʻtgan “Altın Lale” kinofestivalida hakamlar hayʼati aʼzosi bo`lgan aktrisa yaqinda “ <a href="https://tr.wikipedia.org/wiki/Kara_Ekmek" rel="mw:ExtLink" title="Kara Ekmek" class="cx-link" data-linkid="51">Kara Ekmek</a> va Oyunbozan ” serialida ishtirok etdi.
Filmografiyasi
Mukofotlari
Manba
Havolalar
uz.wikipedia.org