Gulchehra Jo‘rayeva 1937 yil 1 fevralda Buxoroning Shofirkon tumani Do‘rmon qishlog‘ida tavallud topgan. 1959 yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.
Mehnat faoliyatini «Yosh leninchi» gazetasidan boshlagan. «O‘zbekiston madaniyati» gazetasida o‘n yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan. So‘ngra «Yoshlik» jurnalida (1982), O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasida (1991), 1996—1997 yillarda esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib ishlagan.
Shoira ijodining boshlanishi o‘tgan asrning 50-yillarga to‘g‘ri keldi. “Baxtim borki” to‘plami 1961 yilda nashr bo‘lgan. Shundan so‘ng “Gul shaydosi” (1969), “Bog‘imda bahor” (1968), “Hayajon” (1971), “Umr — daryo” (1974), “Salom do‘stlar” (1975), “Eng yaqin yulduz” (1979), “Dostonlar” (1981), “Iqbol” (1983), “Mehrim sizniki” (1984) “Gulshan aro” saylanma (1987), “Yillarim - yo‘llarim” (2000), “Seni sevaman, hayot”, “Saylanma” (2009) kitoblari nashr etildi.
Unga 1992 yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan ham taqdirlangan.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish