Gulchehra Jamilova
Gulchehra Mannonovna Jamilova (1946.2.7, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Oʻzbekiston xoreografiya bilim yurtini (1964), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini (1968) tugatgan. Ijodiy faoliyatini „Bahor“ davlat xalq raqs ansamblida raqqosalikdan boshlagan. 1966-yildan hozirgi Oʻzbekiston milliy akademik drama teatrining aktrisasi (1987—91 yillar Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida ishlagan). J. ijodining boshlanish davridayoq Silviya („Veronalik ikki yigit“), Aqiqa („Qonli sarob“), kinoda Kumush („Oʻtgan kunlar“) rollarini ijro etib, begʻubor yoshlikka xos maftunkor chiroy, pokiza orzu va intilish hissiyotlariyu, mushkul qismatning fojiali tugʻyonlarini tabiiy va taʼsirchan vositalar bilan tasvirladi. Teatrdagi eng yaxshi rollari: Feruza („Mirzo Ulugʻbek“), Gulsanam („Abu Rayhon Beruniy“), Ozoda („Imon“), Shakuntala („Yoʻqolgan uzuk“), Gulchehra („Koʻrmayin bosdim tikonni“), Kamola („Gang daryosining qizi“), Jamila („Boy ila xizmatchi“), Zebunniso („Zebunniso“), Dezdemona („Otello“), Oysara („Alla“), Nodirabegim („Figʻon“), Bibixonim („Sohibqiron“) va b. Aktrisa kinoda ham bir qancha rollar ijro etgan: Gulchehra („Qalbingda quyosh“), Giri („Nur va soyalar“), Manzura („Shiddat“), Gulnora („Ehtiros qurbonlari“), Malkane („Sevgi afsonasi“), Oftoboyim („Oʻtgan kunlar“) kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, videofilmlar (Aziza, „Imon“; Xadicha, „Soʻnggi oʻq“; Manzura, „Shaytanat“), telefilmlar (Zulayho, „Toʻlqinlar“; Farida, „Kunda izgʻirin“ va boshqalar)da ham qismati, tabiati, yoshi bir-biriga oʻxshamagan badiiy obrazlar olamini yaratdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Gulchehra Jamilova haqida aniq va to‘liq ma’lumot berish uchun rasmiy manbalar yoki ishonchli ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Afsuski, hozirda Gulchehra Jamilova haqida keng tarqalgan ommaviy axborot vositalarida yoki internetda juda ko‘p ma’lumot mavjud emas.
Agar siz Gulchehra Jamilova haqida aniq bir soha — masalan, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, yoki san’atdan bo‘lgan faoliyati haqida ma’lumot istasangiz, yoki uning ishi, yutuqlari yoki ijodi haqida so‘rasangiz, iltimos, qo‘shimcha tafsilotlar bering. Shunda men sizga aniqroq va to‘liq ma’lumot berishga harakat qilaman.
Agar bu shaxs O‘zbekiston yoki boshqa hududlarning madaniy yetakchilari, ilmiy yoki ijtimoiy sohalarda faol bo‘lsa, uning professional yutuqlari va faoliyati haqida yanada chuqurroq izlanishlar olib borish kerak bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumot bersangiz, yordam berishdan mamnun bo‘laman!