Gulchehra Ibragimbekova




Gulchehra Ibragimbekova — oʻzbek teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Aktrisa Gulchehra Ibragimbekova 1951-yil 24-dekabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Oilada 5 nafar farzand boʻlishgan: bir oʻgʻil va 4 qiz. Yoshligi Tojikistonning Dushanbe shahrida oʻtgan. Gulchehra Ibragimbekova maktab yillarida dutor va raqs to‘garaklariga muntazam qatnashib kelgan. Maktab tadbirlaridagi chiqishlari tufayli aktyorlik sanʼatiga qiziqib qolgan.

Taʼlimi



O‘rta maktabni tugatgach, Toshkentga kelib, Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetida tahsil oldi.

O‘qishdan so‘ng hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida mehnat faoliyatini boshladi.

Oilasi



Gulchehra Ibragimbekova 20 yoshida sinfdoshi Turgʻunbek Ibrohimbekovga turmushga chiqdi. Oʻzaro turmushda bir oʻgʻil va ikki qiz dunyoga keldi. Aktrisaning turmush o‘rtog‘i Madaniyat kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, Gulchehra Ibragimbekova ham shu kollejda dars bergan.

Ijod pallasi



Gulchehra Ibragimbekova aktrisa sifatida o‘nlab spektakl va filmlarda suratga tushgan. Aktrisa ushbu teatrlashtirilgan spektakllardagi rollari bilan tomoshabinga tanilgan, xususan, „Parvona“ spektaklidagi Nazokat obrazi uni mashhur aktrisaga aylantirib, ko‘plab muxlislar orttirishiga sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari aktrisa rejissyor Ibrohim Rasulovning 2004-yilda suratga olingan „Begona bahor“ filmidagi zolim qaynona roli bilan muxlislari yodida qolgan.

Hozirgi kunda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat koʻrsatadi.

Mashhur rollari




Ommada kam chiqish sababi



Aktrisaning hayotida quvonchli va qaygʻuli kunlar koʻp boʻlgan. Bir necha yil ichida u onasi, yolgʻiz akasi, singlisi va jiyanidan ayrildi. Bu yoʻqotishlar uning uchun katta zarba boʻldi. Shuning uchun u uzoq vaqt davomida televizorda koʻrinmaydi.

2021-yilda aktrisa 70 yosh yubileyini nishonladi.

Gulchehra Ibragimbekova „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibasi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz