Gulchambarli beshik tuxumi(Fabergé tuxumi)




Gulchambarli beshik tuxumi (shuningdek, Sevimli kuboklar tuxumi sifatida ham tanilgan) Imperial Fabergé tuxumi boʻlib, rus imperator oilasi uchun Peter Carl Fabergé nazorati ostida tayyorlangan ellik ikkita zeb-ziynat buyumlari bilan bezatilgan, sirlangan Pasxa tuxumlaridan biri hisoblanadi.

Gulchambarli beshik tuxumi qirolicha Maria Feodorovna uchun 1907-yilgi Pasxa (Masihning tirilishini nishonlash kuni) sovgʻasi boʻlgan. Maria Feodorovnaning oʻgʻli Rossiya imperatori Nikolay II har yili ikkita Fabergé Pasxa tuxumiga (biri onasi va ikkinchisi xotini uchun) doimiy buyurtma berar edi. Gulchambarli beshik tuxumining 1907-yilgi Pasxa bayramida podshohning xotiniga sovgʻa qilingan hamkasbi Atirgul panjaras i tuxumidir.

Dizayni



Gulchambarli beshik tuxumi Henrik Wigström tomonidan Louis XVI uslubida yaratilgan boʻlib, shaffof och koʻk va yashil emalli, turli xil rangdagi tillalardan yasalgan va marvaridlar bilan bezatilgan. Gulchambarli beshik tuxumini tayyorlashda oltin, emal va marvaridlardan foydalanilgan.

Oʻziga xos xususiyati



Hozirgi kunda Gulchambarli beshik tuxumi ichidagi sovgʻa yoʻqolgan. Fabergéning hisob-fakturasiga koʻra, Gulchambarli beshik tuxumining ichidagi sovgʻa imperator (Nikolay II) bolalarining miniatyura rasmlari edi.

Tarixi



Gulchambarli beshik tuxumi oxirgi marta 1989-yilda San Diegoda namoyish etilgan. Gulchambarli beshik tuxumi New Yorkdagi Sotheby auksionida sotilgan. Hozirgi kunda Gulchambarli beshik tuxumi AQShdagi shaxsiy kolleksiyalardan birida ekanligi taxmin qilinmoqda. Gulchambarli beshik tuxumining bo'yi va eni (o'lchamlari) haqida ma'lumot mavjud emas.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz