Gul Panag




Gul Panag (1979-yil 3-yanvarda tugʻilgan; Chandigarh, Hindiston) — hind aktrisasi, modeli va Miss World tanlovida qatnashgan sobiq goʻzallik malikasi. Panag Bollywooddagi faoliyatinu 2003-yilda Dhoop filmi bilan boshlagan. Oʻshandan beri u Jurm va Kashmeer teleseriallari kabi filmlarda rol ikto ertgan. Uning filmlari orasida Dor, Dhoop, Manorama Six Feet Under, Salom, Straight va Ab Tak Chhappan 2 filmlari bor.

U 2006-yilda Nagesh Kukunurning „Dor“ filmida erini dorga osilishidan qutqarish uchun astoydil kurashgan oddiy ayol rolini ijro etgan. 2008-yilda u Hello va Summer 2007 filmlarida suratga tushgan. 2009-yilda u Straight filmida paydo boʻlgan. U Rann filmida yigitining toʻgʻri ish qilishiga toʻsqinlik qilmoqchi boʻlgan qiz obrazida ishtirok etadi.

Yoshlik davri



Panag oʻz taʼlimini Panjob shtatidagi Sangrur shahrida olishni boshlagan. Uning otasi general-leytenant boʻlgan. Buning natijasida u Kendriya Vidyalayas (Chandigarh, Mhow, Leh va Vellington, Tamil Nadu), Lourens maktabi va xalqaro (Zambiya) 14 xil maktabda tahsil olgan. U Patialadagi Panjob universitetida matematika boʻyicha bakalavr va Chandigarxdagi Panjob universitetida siyosat fanlari boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Talabalik davrida Panag sport va notiqlikka qiziqardi. U koʻplab shtat va milliy darajadagi bahs-munozara musobaqalarida, jumladan, Yillik Milliy Universitetlararo Debat tanlovida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Faoliyati




Modellik



Panag 1999-yilda Hindiston goʻzali unvonini qoʻlga kiritdi va oʻsha tanlovda „Miss Beautiful Smile“ tojini kiydi. U 1999-yilgi „Miss Universe“ tanlovida qatnashgan.

Siyosiy faoliyati



U 2014-yilgi Hindiston umumiy saylovida Chandigarxdan Aam Aadmi partiyasiga nomzod boʻlgan. U 1 08 679 ovoz bilan uchinchi oʻrinni egalladi, Kirron Xer esa 1 91 362 ovoz bilan saylovda gʻalaba qozondi.

Shaxsiy hayoti



Panag oʻzining uzoq yillik sevgilisi, aviakompaniya uchuvchisi Rishi Attari bilan 2011-yil 13-martda Chandigarhdagi Gurdvarada anʼanaviy panjabi sikxlari marosimida turmushga chiqdi. Er-xotinning 2018-yilda dunyoga kelgan Nihol ismli oʻgʻli bor.

Filmografiyasi




Filmlar




Onlayn-seriyalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz