Gul chorbogʻ saroyi




Gulchorbogʻ saroyi (yoki Gul chorbogʻ saroyi ; taxminan 1895—1905-yillar oraligʻida qurilgan) — Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan Karmanada qurdirilgan saroy. Atrofi gulzor va daraxtzor bogʻ boʻlgan. Hozirgi Karmana shaharchasining sharqiy chegarasida, „Oftobjon“ (sobiq „Malchish Kibalchish“) oromgohi oʻrnida qurilgan. Hozirgi kungacha saqlanib qolmagan.

Tavsifi



Gulchorbogʻning maydoni taxminan 3 gektarga yaqin boʻlgan (boshqa bir manbada taminan 5 gektar boʻlgani aytiladi). Atrofi 7 paxsali baland devorlar bilan oʻralgan. Saroy qoʻrgʻonining toʻrt tomonida darvozalari boʻlib, qoʻrgʻon ichida turli manzarali va mevali daraxtlar, gullar oʻtqazilgan. Saroy bogʻida ekilgan turli-tuman gullar koʻpgina xorijiy mamlakatlardan keltirilgan.

Bogʻda mevali daraxlardan asosan anjir, anor va oʻrik yetishtirilgan.

Bogʻ markazidan oʻrin olgan saroyda amir dam oladigan, yuksak martabali mehmonlarni kutadigan xonalar boʻlgan. Gulchorbogʻ saroyi xuddi Mirzo chorbogʻ, Charmgar chorbogʻ saroylari kabi bezatilgan.

Saroy bogʻining turli joylarida 7 ta hovuz boʻlgan. Ularning atrofi ham turli gullar, tol va chinor daraxtlari bilan oʻralgan.

Ushbu saroy va bogʻ bugungi kungacha saqlanib qolmagan, SSSR davrida saroy butkul buzilib, oʻrnida „Malchish Kibalchish“ bolalar dam olish oromgohi qurilgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz