G‘ul




Gʻul — 1) oʻrta asrlarda turkiy xalqlar va moʻgʻullar qoʻshinining markazida va qanot (flang)lar oldida, podshoh, xon huzurida turuvchi maxsus harbiy qism. Arabcha qalb deyilgan. Markazda turuvchi Gʻ. ulugʻ Gʻ., qanotlardagisi esa kichik Gʻ. deb atalgan. Harbiy yurish vaqtida qoro-vul oldiga ham Gʻ. qoʻyilgan. Katta (ulugʻ) Gʻ.ga xonning oʻzi yoki tajri-bali amirlaridan biri qoʻmondonlik qilgan; 2) bandilarning oyoq va boʻyniga kiygizib qoʻyiladigan jazolash asbobi; kishan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz