G’UL



G’UL — 1) o’rta asrlarda turkiy xalqlar va mo’g’ullar qo’shinining markazida va qanot (flang)lar oldida, podshoh, xon huzurida turuvchi maxsus harbiy qism. Arabcha qalb deyilgan. Markazda turuvchi G’ul ulug’ G’ul, qanotlardagisi esa kichik G’ul deb atalgan. Harbiy yurish vaqtida qorovul oldiga ham G’ul qo’yilgan. Katta (ulug’) G’ulga xonning o’zi yoki tajribali amirlaridan biri qo’mondonlik qilgan; 2) bandilarning oyoq va bo’yniga kiygizib qo’yiladigan jazolash asbobi; kishan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz