Gujar




Gujar (oʻzlarini shunday nom bilan ataydilar) — Hindiston va Pokistonning sharqiy qismidagi etnik birlashma. Gujartilida 1 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari) soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, hinduizmga eʼtiqod qiladi, sunniy musulmonlar ham bor. G.larning ajdodi mil. 1-ming yillikda Hindistonga kelib oʻrnashgan hindoriy xalqlariga mansub koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi gujara qabilalariga borib taqaladi. Bu qabilalar gujarotlar, panjobiylar, rojastxonlar etnogenezida ham ishtirok etishgan. G.larning koʻpchiligi anʼanaviy mashgʻulotlari — yarim koʻchmanchi chorvachilik (buyvollar, qoʻylar, echkilar boqish) bilan band. Tekisliklarda G.larning bir qismi dehqonchilik va oʻtroq chorvachilik bilan shugʻullanadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz