Guillermo Olivera




 

Guillermo Varela Olivera (talaffuzi: Gilermo Varela Olivera) 1993-yil 24-martda Montevideoda tavallud topgan. Urugvaylik futbolchi „Flamengo“ klubi va Urugvay terma jamoasining oʻng qanot himoyachisi.

Jamoalardagi faoliyati



Guillermo Varela Olivera Urugvayning „Atlético Peñarol“ klubi tarbiyalanuvchisi. U 2011-yilning 5-iyunida „Aurinegros“ safida „Racing“ga qarshi o‘yinda debyut qildi va 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

2013-yilning 7-iyunida uning Angliyaning „Manchester United“ klubiga oʻtishi rasman eʼlon qilindi. 11-iyun kuni Guillermo Varela Olivera klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

2015-yilning 5-dekabrida Guillermo Varela Olivera „Manchester United“ safida „West Ham United“ ga qarshi Premer-liga uchrashuvida debyut qildi. Uch kundan keyin Guillermo Varela Olivera „United“ safida Chempionlar ligasi guruh bosqichida „Wolfsburg“ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va oʻsha musobaqada debyut qildi.

2016/17-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Guillermo Varela Olivera Germaniyaning „Ayntraxt“ (Frankfurt) klubiga ijaraga oʻtdi.

2017-yilning avgustida Guillermo Varela Olivera „Atlético Peñarol“ bilan shartnoma imzolagani malum boʻldi.

2018-yilning 21 dekabrida Guillermo Varela Olivera Daniyaning „Copengagen“ klubiga oʻtdi.

2020-yilda Guillermo Varela Olivera „Dinamo“ga ijara asosida oʻtdi va 19 uchrashuvda qatnashdi. 2021-yil 17-iyulda klub qanot himoyachisi huquqlarini qoʻlga kiritdi, urugvayning „oq-ko‘klar“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2022-yil 24-iyulda yangi shartnoma boʻyicha muzokaralar davom etayotganiga qaramay, Moskvaning „Torpedo“siga qarshi oʻyin oldidan Guillermo Varela Olivera oʻzboshimchalik bilan jamoaning joylashgan joyini tark etdi. Lekin ertasi kuni shaxsiy narsalarini olib ketish uchun yana jamoaga qaytib kelgan.

Milliy terma jamoadagi faoliyati



Guillermo Varela Olivera Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida 2013-yilda Janubiy Amerika chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi va vitse-jahon chempioni boʻldi. 2017-yilning 10-noyabr kuni Guillermo Varela Olivera asosiy Urugvay terma jamoasi safida Polshaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi. Oʻyin 0:0 hisobida yakunlangan va Guillermo Varela Olivera butun oʻyinni maydonda oʻtkazgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz