Guillermo Ochoa
Francisco Guillermo Ochoa Magaña (talaffuzi: Fransisko Gilermo Ochoa Magaña; 1985-yil 13-iyunda Meksikada tugʻilgan) — meksikalik futbolchi, „América“ futbol klubi darvozaboni va sardori hamda Meksika terma jamoasi vitse-sardori.
Klublardagi faoliyati
Guillermo Ochoa Meksikaning „América“ futbol klubi safida 2004-yilda „Monterrey“ futbol klubiga qarshi Meksika chempionatida debyut qilgan. Guillermo Ochoa 2005-yilda oʻzining birinchi chempionligini qoʻlga kiritgan va 2011-yilgacha Amerikaning asosiy darvozaboni boʻlgan. Guillermo Ochoa klub uchun barcha musobaqalarda 300 ga yaqin oʻyin oʻtkazgan. 2011-yilning yozida u fransuzlarning „Ajaccio“ jamoasiga oʻtgan. Guillermo Ochoa jamoada uch mavsum oʻynagan, shundan soʻng „Ajaccio“ 2014-yilda Ligani tark etgan va klubning darvozabon bilan shartnomasini tugatgan.
2005-yildan Meksika terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Guillermo Ochoa milliy terma jamoadagi ilk oʻyinini Vengriya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan va u 2:0 hisobida meksikaliklar foydasiga hal boʻlgan.
2004-yilda Meksika Olimpiya terma jamoasi tarkibida Guillermo Ochoa Afina Olimpiadasida ishtirok etgan. 2014-yil 1-avgustda Guillermo Ochoa „Málaga“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2016-yilning 5-martida Guillermo Ochoa La Ligadagi debyutini „Deportivo La Coruña“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan.
Xalqaro faoliyati
2006-2010-yilgi jahon chempionatlarida Guillermo Ochoa Meksika terma jamoasining uchinchi darvozaboni sifatida ishtirok etgan. Ammo, maydonga tushmagan.
CONCACAF oltin kubogi-2011 turnirining birinchi bosqichida Salvador terma jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng (5:0) Guillermo Ochoa terma jamoaning boshqa to‘rt nafar futbolchisi bilan birga o‘yinlarda ishtirok etishdan chetlashtirilgan. Diskvalifikatsiya tahdidi ostida qolgan Guillermo Ochoa „Ajaccio“ futbol klubi bilan shartnoma imzolamagan.
2014-yil 13-iyun kuni Guillermo Ochoa Jahon chempionatida debyut qilgan va Meksika terma jamoasining 2014-yilgi Jahon chempionatining Kamerun jamoasiga qarshi birinchi oʻyinida gʻalaba qozongan. 17-iyun kuni turnir mezbonlari Braziliya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda meksikalik darvozabon oʻz darvozasi tomon yoʻllagan 8 ta zarbani qaytargan.
2015-yilda Guillermo Ochoa CONCACAF oltin kubogini qoʻlga kiritgan. Turnirda u Kuba, Gvatemala, Trinidad va Tobago, Kosta-Rika, Panama va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org