Guillermo Molins




Guillermo Federico Molins Palmeiro (talaffuzi: Gilermo Federiko Molins Palmeyro; 1988-yil 26-sentyabrda Urugvayda tugʻilgan) — Shvetsiyalik futbolchi, „Rusenborg“ futbol klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Guillermo Molins „Malmö“ futbol klubi akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008-yilda „Allsvenskan“ jamoasida debyut qilgan. 10-aprel kuni Guillermo Molins oʻzining ilk golini „Elfsborg“ darvozasiga kiritgan. 2010- yilda Guillermo Molins „Malmö“ futbol klubiga Shvetsiya chempionatida gʻalaba qozonishga yordam bergan. 2011-yilda u Belgiyaning „Anderlecht“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. 18-mart kuni „Sint-Truiden“ futbol klubiga qarshi bahsda Guillermo Molins Jupil ligasida debyut qilgan. „Anderlecht“ tarkibida Guillermo Molins ikki marta Belgiya chempioni boʻlgan, lekin ikki yil ichida Guillermo Molins bor-yoʻgʻi yettita oʻyinda qatnashgan. 2013-yilda Guillermo Molins Ispaniyaning „Betis“ jamoasiga ijaraga berilgan. 27-yanvar kuni u La Ligada „Rayo Vallecan“o futbol klubiga qarshi debyut qilgan.

2016-yilning yozida Guillermo Molins Xitoyning „Guychjou Renxe“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil boshida Guillermo Molins „Panathinaikos“ futbol klubiga oʻtgan. 11-mart kuni „Iraklis“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Guillermo Molins Gretsiya Superligasida debyut qilgan. 23-aprel kuni poytaxtning „Atrómitos“ klubiga qarshi kechgan bahsda Guillermo Molins ilk golini urgan. 2018-yilda Guillermo Molins yana „Malmö“ futbol klubiga qaytgan.

Xalqaro faoliyati



2010-yil 20-yanvarda Guillermo Molins Shvetsiya terma jamoasida Ummonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. 2014-yilning 21-yanvarida Guillermo Molins terma jamoadagi ilk golini Islandiyaga qarshi o‘yinda kiritgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz