Guillermo Maripán
Gilermo Alfonso Maripán Loaysa (1994-yil 6-mayda tugʻilgan) — Chililik futbolchi, Liga 1 chempionatining Monako klubida va Chili milliy terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi karyerasi
Universidad Católica
Maripán "Universidad Católica" klubi safidagi debyutini 2013-yilda"Audax Italiano" klubiga qarshi, bahsning so‘nggi 15-daqiqasida o‘tkazgan. Keyinchalik, u yana Audax Italianoga qarshi o‘ynadi, lekin bu safar Chili kubogida, ushbu bahsda u butun o‘yinni to‘liq shaklda o‘tkazdi. o‘sha yili Maripán birinchi marta Chili Primera divizionida o‘n birinchi o‘yinda maydonga tushadi va bu safar u Kobresalga qarshi o‘yinda jamoa sharafini himoya qiladi.
Alavés
2017-yilning 7-iyulida Maripán Ispaniyaning La Liga vakili Deportivo Alavés bilan to‘rt yillik shartnomaga rozi bo‘lgach, faoliyatida ilk bor xorijga ko‘chib o‘tdi.
Monaco
2019-yil 24-avgustda Maripán 5 yillik shartnoma asosida Liga 1ning "Monako" klubiga o‘tdi. Monegasklar jamoasidagi ikkinchi mavsumi uni oliy ligadagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri sifatida mustahkamladi: u CIES Football Observatory tomonidan mavsumning eng yaxshi chililik futbolchisi deb topildi va u eng ko‘p gol urgan markaziy himoyachi ham bo‘ldi. Gilermo Maripán 2020–2021-yilgi davrda oʻzining eng yaxshi golli mavsumini o‘tkazdi hamda oʻyindan o‘yinga uning sport oʻsishidan dalolat beruvchi beshta asosiy jihati yaxshilandi.
Xalqaro karyerasi
Maripán 2017-yilda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Xitoy kubogi uchun Chili terma jamoasiga chaqirildi. Maripán 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida Braziliya va Ekvadorga qarshi o‘yin uchun yana bir marta Chili termasiga chaqirildi. Gilermo Maripán Amerika kubogi-2021 turnirida Argentina terma jamoasi bilan to‘qnash keldi. U o‘yinda Lionel Messiga fint qilganidan keyin futbolchilar orasida tanila boshladi.
Karyera statistikasi
Xalqaro
2021-yil 21-iyun kuni boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Ballar va natijalar birinchi navbatda Chilining gollari ro‘yxatini ko‘rsatadi[8].
Yutuqlar
Monako Universidad Católica
Chili Manbalar
uz.wikipedia.org