Guggenheim muzeyi (Bilbao)




Koordinatalari: 43°16′7.788″N 2°56′2.756″W / 43.26883000°N 2.93409889°W / 43.26883000; -2.93409889 G O

Bilbaodagi Guggenheim muzeyi  – Kanada-Amerikalik arxitektor Frank Gehry tomonidan loyihalangan zamonaviy san'at muzeyi boʻlib, Ispaniya davlatining Bilbao shahrida joylashgan. Muzey 1997-yil 18-oktabrida Ispaniya qiroli Juan Carlos I tomonidan ochilgan va ochilish marosimi 250 ta zamonaviy sanʼat asarlari koʻrgazmasi bilan oʻtkazilgan. Bilbao shahridan Kantabriya dengizigacha choʻzilgan Nervion daryosi boʻyida qurilgan bu muzey „Solomon R. Guggenheim Foundation“ jamgʻarmasiga tegishli boʻlgan bir nechta muzeylardan biri boʻlib, ispan va xalqaro rassomlarning eksponatlarini oʻz ichiga oladi. Guggenheim Ispaniyadagi eng yirik muzeylardan biri hisoblanadi.

Tarixi



Asos solinishi



1991-yilda Bask hukumati Solomon R. Guggenheim jamgʻarmasiga bir vaqtlar shaharning asosiy daromad manbai boʻlgan Bilbaoning eskirgan port hududida quriladigan Guggenheim muzeyini moliyalashtirish taklifi bilan murojat qildi va 100 million dollarlik qurilish xarajatlarini qoplash, 50 million AQSh dollari miqdoridagi sotuv jamgʻarmasini yaratish, muzeyga bir martalik 20 million AQSh dollari miqdorida toʻlovni amalga oshirish va muzeyning yillik 12 million dollarlik byudjetini subsidiyalashni oʻz ichiga olgan kelishuvga erishildi. Buning evaziga jamgʻarma muassasani boshqarish, oʻzining doimiy kolleksiyasi qismlarini Bilbao muzeyida namoyish qilish va vaqtinchalik koʻrgazmalar tashkil etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Muzey Ferrovial tomonidan 89 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ evaziga qurilgan. 1997-yil 18-oktyabrda muzey Ispaniya qiroli Juan Carlos I tomonidan ochildi. Ochilish marosimidan besh kun oldin, 13-oktyabr sanasida esa ETA separatist guruhining ikki jangarisi marosimga hujum qilish maqsadida portlovchi qurilmalarni oʻrnatishga urinishlarini toʻxtatmoqchi boʻlgan 1 nafar politsiyachini otib oʻldirgan edi.

Arxitekturasi



Solomon R. Guggenheim jamgʻarmasi arxitektor sifatida Frank Gehryni tanlaydi va uning direktori Tomas Krens arxitektordan innovatsion va noodatiy dizayn loyihalashini soʻraydi. Binoning tashqi qismidagi egri chiziqlar tasodifiy koʻrinishi uchun moʻljallangan edi, meʼmorning aytishicha, „egri chiziqlarning tasodifiyligi yorugʻlikni ushlab turish uchun moʻljallangan“.

Muzey 1997-yilda omma uchun ochilganda, u darhol dekonstruktivizm uslubidagi dunyodagi eng ajoyib binolardan biri, 20-asrning durdona asari sifatida eʼtirof etildi. Arxitektor Philip Johnson uni „zamonamizning eng buyuk binosi“ deb taʼriflagan boʻlsa, tanqidchi Kalvin Tomkins "The New Yorker" gazetasida uni „titan plashidagi toʻlqinsimon shakldagi hayoliy orzu kemasi“ sifatida tavsiflagan.

Suratlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz