Gugenotlar




Gugenotlar - 16-18-asrlarda Fransiyadagi kalvinizm tarafdorlari. G.ning katoliklar bilan kurashi Diniy urushlarga aylangan. 1598 yildagi Nant ediktiga koʻra G. diniy eʼtiqod erkinligiga ega boʻlib, bir muncha siyosiy mustaqillikni qoʻlga kiritganlar. Rishelye davrida (1629) G.ning siyosiy mustaqilligiga barham berilgan; Lyudovik XIVdavrida (1685) Nant edikti bekor qilingan, G. diniy eʼtiqod erkinligidan mahrum boʻlishgan, ular yoki katolik diniga oʻtishlari yoki Fransiyani tark etishlari lozim boʻlgan (G.ning koʻpchiligi mamlakatni tark etgan). 18-asr oxiridagi Buyuk fransuz inqilobi davrida G. katoliklar bilan teng huquqli boʻlishga erishganlar.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz