Gudzon (daryo)




Gudzon , Xadson (inglizcha: Hudson) — AQSH sharqidagi daryo. Uz. 492 km. Havzasining mayd. 35 ming km. Appalachi togʻlaridan boshlanadi. Yuqori oqimida ostona va sharshara koʻp. Atlantika okeaniga quyiladi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 630 m1/sek. Bahorda tulib oqadi. Suv rejimi toʻgʻonlar bilan tartibga solingan. Quyilish yeridan Troi sh.gacha kema katnaydi. G.— Nyu-YorkSteyt-Barjkanal suv yoʻli sistemasining muhim qismi. Daryoga yirik GESlar qurilgan. Quyilish joyida Nyu-York sh., daryo boʻylab Troy, Olbani, Xadson, Kingston sh.lari joylashgan. G.ni 1609 yilda G. Gudzon kashf qilgan va tavsiflagan, daryo uning nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz