Gudron




Gudron (frans. goudron) — qora smola. Neftni atmosfera bosimi va vakuum ostida haydash paytida 450—600° oraligʻida qaynab chiqadigan fraksiya qoldigʻi. G. neftning tabiatiga qarab uning massasining 10—45% igacha hosil boʻladi. G. qovushqoq suyuklik yoki qattiq asfaltsimon yaltiroq mahsulotdir. Tarkibida parafin, naften katori va aromatik uglevodorodlar (45—95%), asfaltenlar (3—17%), shuningdek, deasfaltlangan mahsulotlardan silikagelda adsorbsiyalanadigan neft smolalari (2—38%) boʻladi. G.ning zlementar tarkibi (massasiga nisbatan % hisobida): 85—87 S, 9,3— 11,8 N, 0,2-6,3 S, 0,2-0,7 N, 0,08-1,25 O. Bundan tashkari, G.da neft tarkibida mavjud boʻlgan barcha metallar konsentrlanadi; unda vanadiyning miqdori 0,046% ga, nikel esa 0,014% gacha yetishi mumkin. Neftning tabiati va undan gazoyl franksiyalarini ajratib olish darajasiga qarab G.ning zichligi 950–1030 kg/m3 ga, kokslanishi 8—26% gacha (massa jihatidan), qotish temperaturasi 12—55° gacha, oʻz-oʻzidan yonish temperaturasi 29 dan 350° gacha boʻladi. G. yoʻl qurilishi materiali sifatida yoʻlkalar va qurilish bitumlari, oz miqdorda kul hosil qiluvchi kokslar, surkov moylari, yoqilgʻi gazlar va motor yonilgʻilari i.ch.da qoʻllaniladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz