Guardians of the Galaxy Vol. 2
Galaktika qoʻriqchilari 2-qism (inglizcha: Guardians of the Galaxy) 2017-yilda Marvel Studios film kompaniyasi tomonidan ishlangan, shuningdek, Marvel Comicsdan tushirilgan Galaktika qoʻriqchilari jamoasiga asoslangan Amerika superqahramon filmidir. Film 2014-yilda ishlangan Galaktika qoʻriqchilar filmining davomi boʻlib, Marvel kinematografiya koinotining (MKK) oʻn beshinchi toʻliq hajmli filmi hisoblanadi. Film rejissori va ssenariynavisi James Gunn boʻlib, kartinada Chris Pratt, Zoe Saldana, Dave Bautista, Vin Diesel, Bradley Cooper, Michael Rooker, Karen Gillan, Pom Klementieff, Elizabeth Debicki, Chris Sullivan, Sean Gunn, Sylvester Stallone va Kurt Russell kabi aktyorlar suratga tushishgan. Film sujetiga koʻra, Galaktika qoʻriqchilari jamoasi fazo uzra sayohat qilib, Peter Quillning ota-onasi haqida koʻproq maʼlumot olishida unga yordamlashadi.
Galaktika qoʻriqchilari premyerasi 10-aprel 2017-yilda Tokyoda, 5-may 2017-yilda esa AQShda boʻlib oʻtib, 3D va IMAX 3D formatlarida ommaga havola etildi. Kartina sikveli 2023-yilda kutilayotgan Galaktika qoʻriqchilari 3-qism filmidir.
Musiqasi
Track listing
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Tyler Bates yaratgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org