Guarani Tili




Guarani tili - Janubiy Amerika indeyslari tili. Tupi-guarani tillari oilasiga mansub. Guarani tili Paragvay va Braziliyaning Matu-Grosu va Parana viloyatlari hududlarida hamda Argentina (Misones, Gran-Chako, Korriyentes, Formosa)da tarqalgan. Guarani tili leksikaning 30 — 40% ini ispan tilidan oʻzlashgan soʻzlar tashkil etadi. Boliviyadagi indeyslarning tili ham Guarani tili nomi bilan ataladi (11 ming kishi soʻzlashadi). Paragvayda garchi ispan tili rasmiy til boʻlsada, aholining 90%i (3 mln. kishi) Guarani tilida soʻzlashadi. Bu tilda gazetalar, kitoblar nashr etiladi, radioeshittirishlar beriladi. Maktab taʼlimida ham qoʻllaniladi. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz