Guanidin




Guanidin , (NH,)2C=NH - rangsiz kristall. Kuchli ishqor, ishqoriy metallar gidroksidlariga yaqin turadi mol. m. 59,07 suyuqlanish temperaturasi 50°. Gigroskopik, havodan SO2 va suvni yutib yumshaydi. G. suvda gidrolizlanib mochevina hosil qiladi. (29°da 20 soʻtkada 50% gacha). Kislotalar bilan reaksiyaga kirishib gidrolizga chidamli tuzlar hosil qiladi. Oson alkillanadi, ishqorlar ishtirokida kislotalar efirlari taʼsirida atsillanadi. Sanoatda G. va uning tuzlari tegishli ammoniy tuzlarini mochevina yoki izianoguanidin bilan birga qizdirish, shuningdek, sianguanidinning suvdagi eritmasini gidrogenoliz qilish yoʻli bilan olinadi. G. hosilalari faol bakteritsid va fungitsidlar. G. pirimidin, oksazol va b. birikmalar sintezida xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Tuzlari sanoatda surkov moylarida qoʻshimcha, korroziya ingibitorlari, bogʻlovchi moddalar sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz