Guandun





Guandun (xit. an’anaviy 廣東, soddalashtrilgan 广东, pinyin: Gwong²dung¹, pall.: Gwong²dung¹, so‘zma-so‘z: «Kuondun»)— Xitoy janubidagi provinsiya, Janubiy Xitoy dengizi sohilida. Mayd. 197,1 ming km. Aholisi 71,4 mln. kishi (1998), aksariyati xitoy (xan)lar. Maʼmuriy markazi — Guanchjou (Kanton).

Jugʻrofiyasi



Guandun hududi balandligi 1800—1900 m boʻlgan togʻ, qir hamda daryo vodiylaridagi pasttekisliklardan iborat.

Iqlimi



Iqlimi subtropik, jan.da tropik. Pasttekisliklarda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 8—16 °C, iyulniki 26—28 C°. Yillik yogʻin miqdori 1200 — 2000 mm. Daryolari (Sitszyan, uning irmogʻi Beyszyan va b.) sersuv. G. hududining qariyb yarmi doim yashil oʻrmon (qaragʻay, kunningamiya, lavr va choy daraxtlari, evkalipt, xin va b.).

Iqtisod



Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda, G. Xitoyning tropik ekinlar eqiladigan muhim rayoni. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini — sholi, shuningdek, batat, shakarqamish, moyli ekinlar (yer yongʻoq, soya, kunjut, kameliya, tung), mevali oʻsimliklar (sitruslar, banan, ananas, mango), jut, rami, sizal va b. yetishtiriladi. Ipakchilik rivojlangan. Chorvachiliqda koʻproq qoramol, choʻchqa va parranda boqiladi. Baliqchilik va baliq ovlash bilan ham shugʻullaniladi. Tuz olinadi.

Sanoat



Sanoatining yetakchi tarmogʻi — oziq-ovqat va toʻqimachilik. Foydali qazilmalardan bitumli slaneslar, volfram, marganes, surma rudalari va b. bor. Mahalliy koʻmir va temir rudasi asosida qora metallurgiya sanoati barpo etilgan. Har xil mashinasozlik korxonalari Guanchjou, Chjanszyan, Shantouda joylashgan. Kimyo va sellyuloza-qogʻoz sanoati rivojlangan.

Transport



Sitszyan daryosi va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Dengiz portlari: Guanchjou, Chjanszyan, Shantou, Xaykou.

Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz