Guanaxuato
Guanaxuato — Meksikadagi shtat, mamlakatning markaziy qismida. Maydon 30,5 ming km. Aholisi 4,6 mln. kishidan ziyod (2000). Maʼmuriy markazi — Guanaxuato sh. Meksika togʻligining janubida, Lerma daryosining yuqori oqimida joylashgan. Yer yuzasi oʻrtacha bal. 1800 m li platolardan iborat, baʼzi choʻqqilarning bal. 3000 m gacha. Iqlimi tropik iqlim. Yillik yogʻin oʻrtacha 500–1000 mm. Qadimda ahrli zich yashagan. 16—19-asrlarda kumush qazib olingan. Konchilik ishlarining pasayishi bilan iqtisodi qam tushkunlikka uchrab, aholi ham boshqa shaharlarga koʻchib keta boshlagan. Oziqovqat, koʻn poyabzal, neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hududining katta qismida ichki ehtiyojlar uchun oziqovqat ekinlari ekiladi. Lerma daryosi gʻavzasida esa tovar qishloq xoʻjaligi (makkajoʻxori, bugʻdoy, paxta, kofe, qand lavlagi), chorvachilik rivojlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org