Gruziya — Litva munosabatlari




Gruziya — Litva munosabatlari Gruziya va Litva oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisobalanadi. Davlatlar Jahon Savdo Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo sanaladi.

Tarixi




Davlatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil 16-sentyabrda oʻrnatilgan.

2018-yil 9-avgustda Litva Otxozoriya-Tatunashvili roʻyxatiga kiritilgan shaxslar uchun migratsiya cheklovlarini joriy qildi, ular Gruziya parlamentiga koʻra, „abxaziya va Tsxinvalining bosib olingan hududlarida Gruziya fuqarolarining huquqlarini buzgan“.

2020-yil dekabr oyida Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichius NATOni Gruziya va Ukraina bilan yaqinroq hamkorlik qilishga va „ochiq eshiklar“ siyosatini saqlab qolishga chaqirdi.

2021-yil 25-fevralda Gruziya deputati Nika Meliyaning hibsga olinishiga javoban Estoniya, Latviya va Litva tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot chiqarib, unda „Gruziyada rivojlanayotgan siyosiy vaziyatdan jiddiy xavotir bildirishdi“ va „barcha siyosiy kuchlar vazminlik bilan harakat qilishlari“ va „vaziyatni yumshatib, konstruktiv yechim izlashlari“ soʻrab qolishdi. Litva avj olayotgan urushni oʻzaro yumsatsih maqsadida tinchlik uchun hamkorlik maqsadida oʻzini vositachi davlat sifatida ham taklif etgan.

Diplomatik missiyalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz