Grunt




Grunt (nem. Grand — asos, tuproq) — asosan nurash zonasida joylashgan togʻ jinsi (tuproq bilan birgalikda) qatlami. G. qoyali (granit va b.), metamorfik (gneys) va baʼzi choʻkindi jinsli (ohaktoshlar, qumtoshlar va b.), yarim qoyali (mergel va b.) va yumshoq boʻlishi mumkin. Yumshoq G.lar Yer yuzasida keng tarqalgan. Zarralar oʻlchamiga qarab gilli (0,005 mm), changli (0,05—0,005 mm) va qumli (2—0,05 mm) boʻladi. Qurilish amaliyotida bino va inshootlarning tagzamini boʻlgan yoki tuproqli inshootlarni (damba, koʻtarma, toʻgʻon) tiklashda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan turli togʻ jinslari ham G. deb ataladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz