Grossulyar




Grossulyar — granatlar guruhiga mansub mineral. Tuzilishi krijovnik mevasiga oʻxshash, lotincha (grossularia — krijovnik) nomi shundan. Kimyoviy formulasi Ca3Al2{SiO4}r Kub singoniyali, shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 6,5 — 7,5. Zichligi 3530 - 3600 kg/m3. Och yashil, sargʻish, qoʻngʻir, rangsiz kristallar, agregatlar. Skarnlar minerali. Shaffof turi zargarlikda ishlatiladi. Oʻzbekistonda (skarn jinslarda), Avstriya va Shveysariya (alp tomirlarida), Pokiston (pokiston zumradi), Tanzaniya, RF (Sharqiy Sibir)da uchraydi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz