Grodno




Grodno (belaruscha: Гродна) — Belarusdagi shahar, Grodno viloyatining markazi. Neman daryosi sohilida. Daryo pristani. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 307 ming (1998). Kimyo ("Ximvolokno", "Azot" ishlab chiqarish birlashmalari), mashinasozlik va metallsozlik, yengil (toʻqimachilik va koʻn poyabzal) sanoati rivojlangan. Mebel fabrikasi bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan universitet), 2 teatr, tarix-arxeologiya muzey-qoʻriqxonasi bor. Grodno 1128-yildan maʼlum. 1376-yildan Litva va Polshada, £ 1795-yildan Rossiya imperiyasi, 1920 – 39 yillarda Polsha tarkibida. Borisoglebsk cherkovi (12-asr), Koʻhna qasr (16-asr oxiri), Yangi qasr (18-asr oʻrtalari), iyeuzit kostyoli (17 – 18-asrlar) saqlangan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz