Grishchenko Filipp Ivanovich




Filipp Ivanovich Grishchenko (1915.11.1, Pavlovka qishlogʻi, Rossiya Federatsiyasi — 1985.11.1, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Ijodini yogʻoch portretlar yaratish bilan boshlagan ("A. Pushkin", "Mirzo Ulugʻbek", 40-yillar), yoshlar hayoti aks ettirilgan kompozitsiyalar ishlagan ("Hunar bilim yurtining talabasi", yogʻoch, 1950 va boshqalar). Portretlar, maishiy holatlar, mahobatli bezak haykallar va b. yaratgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz