Grischa Prömel
Grischa Prömel (talaffuzi: Grisha Premel; 1995-yil 9-yanvarda Germaniyaning Shtutgart shtatida tugʻilgan) — nemis futbolchisi, „Hoffenheim“ futbol klubi yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Jamoalardagi faoliyati
Grischa Prömel „Stuttgarter Kickers“ va „Hoffenheim“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilda u klubning zaxira jamoasida oʻynay boshlagan. 2015-yilning yozida Grischa Prömel oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi uchun jamoani tark etgan va „Karlsruhe“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 14-avgust kuni „Frankfurt“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Ikkinchi Bundesligada debyut qilgan. 24-oktyabr kuni „Kaiserslautern“ futbol klubiga qarshi bahsda Grischa Prömel „Karlsruhe“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan.
Prömel 2017—2018-yilgi mavsumda „Union Berlin“ futbol klubiga o'tgan. 2018—2019-yilgi mavsumda Prömel „Union Berlin“ futbol klubi safida markaziy yarim himoyachi sifatida toʻp surgan. Jumladan, u 29 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan.
2022-yilning 21-fevralida u „Union“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
2015-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Grischa Prömel Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Fiji, Oʻzbekiston, Gonduras, Nigeriya va Mali terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2016-yilda Germaniya Olimpiya terma jamoasi tarkibida Grischa Prömel Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻlgan. Turnirda u Fiji, Portugaliya, Nigeriya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Jamoalari
Manbalar
uz.wikipedia.org