Grigoriy Pulyayev




Grigoriy Valeryevich Pulyayev (1971-yil 18-iyulda tugʻilgan, Samarqand) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempionati va Osiyo oʻyinlari sovrindori.

Tarjimai holi



1971-yilda Samarqandda tugʻilgan. 1994-yili Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻlgan, jahon chempionatida esa 11-oʻrinni egallagan. 1995-yilda Markaziy Osiyo oʻyinlarining kumush medali va Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 1996-yilda Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan va Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarida 6-oʻrinni egallagan. 1997-yilda yana Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylangan, ammo jahon chempionatida atigi 24-oʻrinni egallagan. 1998-yilda Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻlgan. 1999-yilgi jahon chempionatida 21-oʻrinni egallagan.

Mukofotlari va unvonlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz