Grigoriy Kolosovskiy
Grigoriy Anatolyevich Kolosovskiy — oʻzbek futbolchisi, hujumchi va murabbiy. 2016-yilning may oyi oxiridan 2017-yilning apreligacha Toshkentning „Paxtakor“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan.
Futbolchilik faoliyati
SSSR chempionatining turli ligalarida qatnashgan. Oʻzbekiston SSR klublarida oʻynagan. Mustaqil Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida „Yangiyer“ va „Traktor“ jamoalarida oliy ligada toʻp surgan.
Murabbiylik faoliyati
Kolosovskiy futbolchilik faoliyatini yakunlagach Toshkentning „Paxtakor“ tizimida murabbiylik faoliyatini boshlaydi. U yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. 2013-yildan buyon asosiy jamoa murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. 2016-yil boshida bir muddat „Paxtakor“ bosh murabbiyi vazifasini bajargan. 2016-yil may oyi oxirida „Paxtakor“ oʻz maydonida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, Toshkent klubi bosh murabbiyi Noʻmon Hasanov bosh murabbiylikdan ozod etiladi va uning oʻrniga vaqtincha Kolosovskiy tayinlanadi. Keyinchalik Kolosovskiy klub bosh murabbiyi etib saylanadi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org