Grigoriy Chudnovskiy




Grigoriy Isaakovich Chudnovskiy (1890-yil 3[15]-oktyabr, Yekaterinoslav (1926-yildan Dnepropetrovsk, Ukraina SSR) — 1918- yil 8-aprel, Lyubotin) — rus inqilobchisi, Qishki saroyga hujum ishtirokchisi.

Tarjimai holi



Advokat oilasida tugʻilgan, yahudiy. 1905-yildan inqilobiy harakatda mensheviklar safiga boʻlgan. 1908-yildan Sankt-Peterburg universitetining yuridik fakultetida tahsil olgan. 1910-yilda inqilobiy faoliyati uchun Yenisey viloyatiga surgun qilingan, 1913-yilda esa chet elga qochib ketgan.

Chudnovskiy Birinchi jahon urushi yillarida Kopengagenda Parvus tomonidan tashkil etilgan Jahon urushining sabablari va oqibatlarini oʻrganish institutida ishlagan. Bir vaqtning oʻzida Yu. O. Martov va L. D. Troitskiy tomonidan Parijda chop ettirgan „Nashe slovo“ -"Bizning soʻz" gazetasiga hissasini qoʻshgan. Ayni nashr, 1915- yil fevral oyida rus sotsialistlarini Parvus bilan siyosiy aloqalarni uzishga va u asos solgan institutda ishlamaslikka chaqiradi. Nemis tarixchilari Z. Zeman va V. Scharlauningfikricha, ushbu muassasaning maxfiy faoliyati haqidagi taxminlar asossiz.

U 1916-yilda L. D. Trotskiy bilan birga AQShda boradi va „Noviy mir“-"Yangi dunyo" gazetasi bilan hamkorlik qiladi.

1917-yil mart oyidaTrotskiy bilan Rossiyaga ketayotganda Britaniya hukumati tomonidanKanadada hibsga olinib, keyinchalik Muvaqqat hukumat (aniqrogʻi, Petrograd Soveti) iltimosiga binoan ozod qilinadi, may oyida ular Rossiyaga qaytib, „rayonlararo“ tashkilotiga aʼzo boʻlishadi. Bu tashkilot RSDLP (b)ning VI qurultoyida bolsheviklar bilan birlashadi.

1917-yil iyunida armiyaga chaqirilgan. Nemis armiyasining iyul oyidagi qarshi hujumi paytida yaralanib, xato tufayli oʻlganlar roʻyxatiga kiritilgan.

Chudnovskiy 1917-yil kuzida Janubi-gʻarbiy frontning korpus qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. oktyabr oyida Petrogradga II Butunrossiya Sovetlar Qurultoyiga delegat sifatida kelib, RSDLP (b) Markaziy Qoʻmitasi va Petrograd Harbiy Inqilobiy Qoʻmitasi huzuridagi Harbiy tashkilotning Butunrossiya byurosi aʼzosiga aylanadi; Preobrazhenskiy polkida Harbiy inqilobiy qoʻmitasi komissari boʻladi.

Qishki saroyni ishgʻol qilish rahbarlaridan biri boʻlib, Muvaqqat hukumat aʼzolarini hibsga olib, ularga Pyotropavlov qal’asigacha hamrohlik qilgan.

Chudnovskiy Sovetlarning 2-Umumrossiya qurultoyida Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining aʼzosi etib saylangan.

oktyabr oyining oxirida Pulkovo yaqinidagi Kerenskiy va Krasnov kazaklariga qarshi jangda otryadga qoʻmondonlik qilgan. 1917-yil noyabrida Janubi-Gʻarbiy frontning favqulodda komissari etib tayinlanadi; partizanlar safida nemis bosqinchi qoʻshinlari va Ukraina Markaziy Radasiga qarshi kurashda ishtirok etgan.

1917-yil dekabrida Ukraina Markaziy Radasi tomonidan hibsga olinib, oʻlimga hukm qilingan. Muravyov qoʻshinlari tomonidan Kiyev egallab olingach, Chudnovskiy 1918-yil 26-yanvarga oʻtar kechasi ozod qilinadi va Kiyev fuqarolik ishlari boʻyicha komissari etib tayinlanadi.

U nemis qoʻshinlarining Ukrainaga hujumi paytida vafot etgan: boshqa bir taxminga koʻra, nemislar bilan jangda halok boʻlgan, boshqasiga koʻra, — Xarkov yaqinidagi Lyubotin shahri hududida getmanlar va nemislar qurshovida qolgach, oʻzini otib oʻldirgan (Ukraina).

Qarindoshlari




Xotirasi



Sankt-Peterburgdagi koʻcha (Nevskiy tumani) G.I. Chudnovskiy nomi bilan ataladi. 1961-yildan 2016-yilgacha Kiyevdagi hozirgi Hryhoriy Chuprynka koʻchasi xuddi shu nom bilan atalgan edi (Dneprovskiy tumani).

1919-yildan 2002-yilgacha Sankt-Peterburgdagi Boltiq boʻyi klinik havzasi shifoxonasi (154 Fontanka qirgʻogʻi) G. I. Chudnovskiy nomida edi. Hozirda bu shifoxona Sankt-Peterburg davlat universitetiga tegishli N.I. Pirogov nomidagi Milliy tibbiy-jarrohlik markazidir.

Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz