Gribachyov Nikolay Matveevich




Nikolay Matveevich Gribachyov [1910.6(19).12, Bryansk viloyati — 1992, Moskva] — rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941-45). "Shimoli-Gʻarb" (1935), "Urush yoʻllari boʻylab" (1945) sheʼriy toʻplamlari muallifi. "Gʻalaba"da bahor" (1948) dostonida, "Momaqaldiroqdan soʻng" (1952), "Aziz hamshaharlar" (1954), "Oʻy" (1955) sheʼriy va "Avgust oyi yulduzlari" (1958), "Tungi momaqaldiroq" (1964), "Mening daydi sevgim" (1967) nasriy toʻplamlarida zamondoshlarining mehnati va maʼnaviy goʻzalligi aks ettirilgan. "Amerika bilan yuzmayuz" (1959) asari xalqaro mavzuda. G.ning "Bahs" (1963) toʻplami adabiyotshunoslik masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz