Gretsiya ommaviy axborot vositalari




Gretsiyaning ommaviy axborot vositalari tarkibiga televideniye, radio va bosma nashrlar (gazeta, jurnal va hkz) kiradi va Gretsiya Konstitutsiyasi mamlakatdagi OAVning soʻz erkinligini taʼminlaydi.

2010 — 2015-yillar davomida iqtisodiy va moliyaviy inqiroz davrida Gretsiyada matbuot erkinligi keskin pasayib ketdi. 2009-yilda „Chegara bilmas muxbirlar“ tashkilotining matbuot erkinligi indeksida mamlakat OAVsi reytingi 35-oʻrinda boʻlgan boʻlsa, 2014-yilda eʼlon qilingan indeksdagi mamlakatning reytingi 99-oʻringa tushib ketdi. Iosifidis va Bukas tomonidan 2015-yilda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, Gretsiyaning „Eng keskin inqirozga duch kelgan ommaviy axborot vositalari“ sifatida Yevropa Ittifoqidagi mamlakatlardan biri hisoblangan.

Qonunchilik bazasi



Soʻz erkinligi Gretsiya Konstitutsiyasida 1975-yildan mamlakatda fuqarolik boshqaruvi amalga oshgandan keyin kafolatlangan. 14-moddaga koʻra, har kim qonunlarga muvofiq oʻz fikrini ogʻzaki, yozma va OAV orqali bayon qilishi mumkin. Xuddi shu moddada matbuot erkinligi, senzura va bosma nashrlarga taqiq qoʻyish belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, mamlakatdagi ommaviy axborot vositalariga egalik qilish, moliyalashtirish mumkinligi nazarda tutiladi .

15-moddada aytilishicha, „Matbuotni himoya qilish qoidalari filmlar, ovoz yozuvlari, radio, televideniye, nutq yoki tasvirni uzatish uchun boshqa shunga oʻxshash vositaga nisbatan qoʻllanilmaydi. Radio va televideniye davlatning bevosita nazorati ostidadir. Nazorat qilish va maʼmuriy jazo qoʻllash mustaqil organ boʻlgan NCRTVning mutlaq vakolatiga kiradi“.

Ushbu qonun qoʻrquv, zoʻravonlik va jamoat tartibsizliklarini qoʻzgʻatuvchi eshittirishlarni, shuningdek, odobsiz, diniy eʼtiqodni kamsituvchi yoki siyosiy tizimga qarshi zoʻravonlikka chaqiruvchi nashrlarni cheklaydi. Tuhmat va haqorat – qamoq jazosi bilan jazolanadigan jinoyatlardir .

Mamlakat matbuoti birinchi navbatda 1092/1938-sonli qonun bilan tartibga solinadi va u shaxsiy daxlsizlikni hurmat qilish, yangiliklarni yetkazish, shuningdek, tuzatishlarni nashr etish majburiyatlarini oʻz ichiga oladi. Matbuot turli fikrlarni hurmat qilishga va ommaviy vahima qoʻzgʻatmaslikka harakat qiladi .

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz