Gretsiya Ayollar A Diviziyasi
Gretsiya Ayollar A Diviziyasi (grekcha: Πανελλήνιο Πρωτάθλημα Γυναικών yaʼni
Pan-Yelleniya ayollar futbol chempionati ; shuningdek,
Panelinio Protathlima yoki
Ayollar Alpha Ethniki nomi bilan ham tanilgan) Gretsiyadagi eng yuqori professional ayollar futbol ligasi.
Pan-Elleniya ayollar futbol chempionati (Gretsiya Ayollar A Diviziyasi) 1987-yilda tashkil etilgan. 1990-yilgacha ham Gretsiyada ayollar futbol chempionati mavjud edi, lekin bu davrda ayollar futboli turniri faqata viloyat futbol assosiasiyalari tomonidan tashkil etilgan edi. 1990-yilda Gretsiya futbol federatsiyasi ayollar futboli qoʻmitasini tuzib, Gretsiya Ayollar A Diviziyasini tashkil qildi. Gretsiya ayollar futbolining eng professional ligasi hisoblangan Gretsiya Ayollar A Diviziyasi chempionatining amaldagi gʻolibi PAOK W.F. jamoasi (jami hisobda 16 marta Gretsiya Ayollar A Diviziyasi chempioni) hisoblanadi.
Formati
2009-2010-yilgi Gretsiya Ayollar A Diviziyasi 7 ta klubdan iborat birinchi va 8 ta klubdan iborat ikkinchi guruhga boʻlingan (jami 15ta jamoa). Gretsiya Ayollar A Diviziyasining birinchi bosqichida birinchi guruhdagi har bir klub guruhdagi qolgan 6 ta klubga qarshi 14 tur davomida jami 12 ta (uyda va safarda); ikkinchi guruhdagi har bir klub esa 14 tur davomida guruhdagi qolgan 7 ta klubga qarshi 14 ta oʻyin (uyda va safarda) oʻtkazdi. Ikkinchi bosqichda har bir guruhning eng yaxshi uch klublari yangi guruh musobaqasida ishtirok etadilar, har bir klub qolgan 5 ta klubga qarshi 10 ta oʻyin (uyda va safarda) oʻtkazdi. Birinchi bosqichda o‘z guruhida kuchli uchlikka kira olmagan klublar ham baribir 2010–2011-yilgi mavsumda mintaqaviy musobaqaga yo‘llanma oldi.
2010–2011-yilgi mavsumdan boshlab Gretsiya Ayollar A Diviziyasi turli guruhlar va bosqichlarga boʻlinmaydi. 2020-yilgi mavsumgacha Gretsiya Ayollar A Diviziyasidagi 13 ta klubning barchasi 2 davra tizimida oʻynaydi, shuning uchun har bir jamoa 24 tadan (uy va safar oʻyinlari qoʻshilib) oʻyin oʻtkazdi. Gretsiya Ayollar A Diviziyasi chempioni ushbu oʻyinlarda birinchi oʻrinni olgan jamoa boʻladi.
Hozirgi jamoalar
2022-2023-yilgi mavsumda Gretsiya Ayollar A Diviziyasida quyidagi 19 ta klub ishtirok etadi.
1-guruh
2-guruh
Chempion jamoalar roʻyxati
hempion jamoalar roʻyxati:
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org