Gretsiya — Qirgʻiziston munosabatlari
Gretsiya — Qirgʻiziston munosabatlari — Gretsiya va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikkala davlat ham BMTga aʼzo. Ikki mamlakat oʻrtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yilda oʻrnatilgan. Gretsiyaning Olmaotadagi elchixonasi Qirgʻiziston uchun ham akredatsiyadan oʻtgan. Tarixda Aleksandr Makedonskiy hozirgi qirgʻizlar yashaydigan hududni istilo qilgan.
Rasmiy tashriflar
2002-yilda Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Asanbek Osmonaliyev „ikki tomonlama siyosiy hamkorlik istiqbollari va Qirgʻiziston prezidenti Asqar Akayevning Gretsiyaga rasmiy tashrifini tashkil etish imkoniyatlarini“ muhokama qilish uchun Gretsiyaga tashrif buyurgan.
2004-yil 1-noyabrda Qirgʻiziston prezidenti Asqar Akayev Gretsiyaga rasmiy tashrif bilan bordi va Gretsiya Prezidenti Konstantinos Stefanopulos bilan uchrashdi. Akayev: „Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 12 yil toʻldi va bu yaqin va samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun yaxshi boshlanishdir. Bizda Qirgʻiziston-Gretsiya munosabatlarini yanada yuqori darajaga koʻtarish va aloqalarni kengaytirish uchun yaxshi istiqbollar mavjud. Mening tashrifimdan maqsad oʻzaro aloqalarni boshqa sifat darajasiga koʻtarish va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash orqali ularning huquqiy asoslariga ega boʻlishdir“—deya intervyu bergan.
Muhojirlar
Qirgʻizistonda kelib chiqishi yunon millatiga mansub 650 dan 700 gacha boʻlgan odamlar yashaydi. Ammo, chet eldagi yunonlar uchun Bosh kotibiyat maʼlumotlari bundan ham pastroq sonni (50 kishi) koʻrsatadi.
Ikki tomonlama shartnomalar
2004-yilda Gretsiya va Qirgʻiziston prezident Asqar Akayevning Gretsiyaga tashrifi chogʻida havo transporti, turizm va diplomatiya boʻyicha ikki tomonlama bitimni imzolaganlar.
Manbalar
uz.wikipedia.org