Greta Crafoord
Greta Crafoord (talaffuzi: Greta Krafurd; 2000-yil 28-dekabrda tugʻilgan) — Shvetsiya vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Egizagi va konkida uchish boʻyicha sherigi John Crafoord bilan birga ikki karra oʻsmirlar oʻrtasidagi Shvetsiya chempioni boʻlgan va 2020-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 15-oʻrinni egallagan.
Shaxsiy hayoti
Greta Crafoord 2000-yil 28-dekabrda Shvetsiyaning Göteborg shahrida tug‘ilgan.
Faoliyati
Greta Crafoord 2005-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan.
2017 — 2018-yilgi mavsum
2017 — 18 yilgi mavsumda Crafoord egizaklari Californiyaning Aliso Viejo shahrida Jenni Meno va Todd Sand murabbiyligida mashgʻulot oʻtkazdilar. Juftlik sentyabr oyida Latviyada boʻlib oʻtgan 2017 — 18 yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri (JGP) musobaqasida 12-oʻrinni egallab, oʻzlarining kichik xalqaro debyutini oʻtkazdilar. Ular Polshadagi ikkinchi JGP topshirigʻida 16-oʻrinni egallashdi va Bavarian Open turnirida oʻsmirlar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Juftlik keyingi mavsumdagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etmadi.
2019 — 2020-yilgi mavsum
Crafoordlar juftligi Bavarian Open turnirida oʻsmirlar oʻrtasidagi juftlikda konkida uchish musobaqasida toʻrtinchi va Estoniyaning Tallin shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 15-oʻrinni egallagan. Ular Colorado Springsda murabbiy Dalilah Sappenfild qoʻl ostida mashgʻulot oʻtkazdilar.
2020 — 2021-yilgi mavsum
Oʻzining katta xalqaro debyutini qilgan Crafoordlar 2020-yil noyabr oyida NRW Trophy musobaqasida toʻrtinchi va fevral oyida boʻlib oʻtgan International Challenge Cup turnirida sakkizinchi oʻrinni egallagan.
2021 — 2022-yilgi mavsum
Juftlik Cranberry Cup International musobaqasida o‘ninchi, John Nicks Pairs Challenge musobaqasida to‘qqizinchi o‘rindan joy olgan. Ular 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan 2021 CS Nebelhorn Trophy musobaqasida ishtirok etishgan. Ularning natjasi (14-oʻrin) saralash uchun yetarli boʻlmagan. Juftlik Gretaning tizzasidagi jarohati sababli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborgan.
Dasturlari
John Crafoord bilan
Natijalari
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
John Crafoord bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org