Grenlandiya Dengizi




Grenlandiya dengizi  — Shimoliy Muz okeanining chekka dengizi hisoblanadi. Grenlandiya, Shpitsbergen, Medvejiy, Islandiya, Yanmayen orollari oraligʻida joylashgan. Maydoni 1,205,000 km (465,300 mi²) ni tashkil etadi. Oʻrtacha chuqurligi 1444 m boʻlib, eng chuqur joyi 5527 m ni tashkil etadi. Oʻrtacha suv hajmi 1740 km ga teng.

Iqlimi



Grenlandiya dengizining iqlimi sovuq, arktika iqlimiga xosdir. Dengizning gʻarbidan Sharqiy Grenlandiya sovuq oqimi, sharqidan esa Golfstrimning tarmogʻi boʻlgan — Shpitsbergen iliq oqimi oʻtadi. Suvning oʻrtacha temperaturasi shimoliy qismida fevralda —6 C dan past, janub va janubi-sharqida 1—2° C, avgustda shimoliy-gʻarbida 0 °C dan past, janubiy-sharqida 6 °C gacha yetadi. Oʻrtacha shoʻrligi 33—35 promilliga teng. Har 12 soatda suv sathi 4,4 m gacha koʻtarilib, pasayib turadi. Suvining rangi koʻpincha yashil tusda boʻladi. Grenlandiya dengizida kit va Grenlandiya tyuleni shuningdek, baliqlar ovlanadi.
Asosiy portlari: Barensburg (Shpitsbergen orolida), Akyureyri (Islandiya orolida) hisoblanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz