Gregor Kobel




Gregor Kobel (1997-yil 6-dekabrda tugʻilgan) – shvetsariyalik professional futbolchi. U Bundesliganing Borussia Dortmundida va Shvetsariya milliy terma jamoasida oʻynaydi. Uning futboldagi ampulasi darvozabon hisoblanadi.

Klubdagi faoliyati



Hoffenhaym futbol klubidagi faoliyat
U futboldagi ilk debyut oʻyinini 1899-yilda tashkil topgan Hoffenhaym jamoasida 2018-yilning 12-avgustida Bundesliganing boshqa bir jamoasi Pokal klubiga qarshi oʻtkazadi. Bu oʻyin 1-o hisobida Hoffenhaymning safardagi gʻalabasi bilan tugagan edi.

Shtutgart futbol klubidagi faoliyat

2019-2020-yilgi mavsumda Kobel Borussiya Dortmund klub direktorlari tomonidan Shtutgart futbol klubiga bir mavsumga ijaraga beriladi. 202-202-yilgi mavsumda Kobel Borussiya futbol klubi tomonidan Shtutgart futbol klubiga sotib yuboriladi. Kobel Shtutgart klubi bilan 2024-yilning Iyun oyiga qadar shartnoma imzolaydi.

Borussiya Dortmund futbol klubidagi faoliyat

2021-yilning 31-may kuni Borussiya Dortmund futbol klubi Gregor kobel bilan 5 yillik shartnoma imzoladi yaʼni 2026-yilgacha. Bu transfer uchun Borussiya futbol klubi Shtutgartga 15 million yevro toʻlashiga toʻgʻri keldi.

Xalqaro faoliyat



Kobel Shvetsariya milliy terma jamoasida oʻynash uchun dastlab yoshlik qilgan va keyinchalik 2020-yilda birinchi martta Milliy terma jamoa uchun chaqirilgan. 2021-yilda esa u UEFA Yevropa chempionatida qatnashish uchun Shvetsariya milliy terma jamoasiga chaqiriq olgan. Bu uning ilk yirik musobaqasi edi. Bu chempionat davomida Shvetsariya guruhdan muvaffaqqiyatli chiqa olgan va nimchorak finalda Fransiya terma jamoasi bilan uchrashuv oʻtkazgan. fransiya terma jamoasi 2018-yildagi jahon cheempionati kubogining egasi hisoblanar edi, shunga qaramasdan Shvetsariya Fransiya terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib keyinga bosqichga yoʻl olgan. Ammo bu bosqichda ularning raqibi Ispaniya edi. jangovar kechgan bahsda Ispaniya terma jamoasining qoʻli baland keladi. u bu uchrashuvlarda zaxirada qoldiriladi, chunki asosiy dorvazabon boʻlgan Yan Zommer undan kuchliroq edi. u oʻzining milliy terma jamoadagi debyuti 2021-yilda gretsiyaga qarshi boʻladi va bu oʻyinda Shvetsariya 2-1 hisobida gʻalaba qozonadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz