Greg Scott
Greg Scott (talaffuzi: Greg Skott, 1988-yil 3-iyunda tugʻilgan) — kanadalik xokkey hujumchisi, hozirda Shvetsiya Xokkey Ligasining (SHL) Brynäs IF jamoasida oʻynaydi. Uning akasi Bobby Scott 2004-yilda Toronto Blue Jays jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Jamoalardagi faoliyati
Scott dastlab Gʻarbiy Xokkey Ligasining Seattle Thunderbirds jamoasi bilan xokkey oʻynagan. 2008-yil 4-iyulda Scott Toronto Maple Leafs bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzo chekkan. Maple Leafsdagi faoliyati davomida Scott Amerika Xokkey Ligasining Toronto Marlies jamoasiga transfer qilingan. Scott Amerika Xokkey Ligasida 270 oʻyinda oʻynagan.
2012—2013-yilgi mavsumni Marliles jamoasi bilan yakunlagandan soʻng, erkin agent sifatida Scott 2013-yil 29-mayda Elitserienning Brynäs IF jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. U 2015—2016-yilgi mavsumdan soʻng Rossiyaga koʻchib oʻtishidan oldin Brynäs jamoasi bilan uch yil oʻynagan. Scott 2016-yil 1-may kuni Kontinental xokkey ligasining TsSKA Moskva klubi bilan shartnoma imzolagan.
Scott 2018—2019-yillarda TsSKA bilan uchinchi mavsumida 45 ta oʻyinda 9 gol va 17 ochko toʻplagan. U 10 pley-off oʻyinida 1 ta gol urgan.
2019-yil 26-iyun kuni Rossiyani erkin agent sifatida tark etib, Scott Brynäs IF jamoasida oʻynash uchun Shvetsiyaga qaytib kelgan va jamoa bilan uch yillik shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
Mukofot va unvonlari
Manbalar
uz.wikipedia.org