Greg McKegg
Greg McKegg (talaffuzi: Greg Makkeg) (1992-yil 17-iyunda tugʻilgan)—kanadalik professional xokkeychi Greg McKegg hozirda Amerika Xokkey Ligasida (AHL) „Bakersfield Condors“ xokkey jamoasida oʻynaydi.
Oʻyin faoliyati
Greg McKegg toʻrt mavsumni (2008—2012) Ontario Xokkey Ligasida (OHL) oʻtkazdi.
Greg McKegg 2010-yilgi IIHF U18 Jahon chempionatida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safida ishtirok etdi.
2011-yil 6-aprelda Toronto Maple Leafs xokkey jamoasi Greg McKegg bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.
2014-yil 1-fevralda Toronto Maple Leafs xokkey jamoasi Greg McKeggni Amerika Xokkey Ligasi filiali Toronto Marlies xokkey jamoasi safidan chaqirib oldi. Oʻsha kuni Greg McKegg klub safida NHLdagi debyutini oʻtkazdi.
2015-yil 19-iyun kuni Toronto Maple Leafs xokkey klubi Greg McKeggni Florida Panthers xokkey klubi aʼzosi Zach Hyman oʻrniga shartli ravishda almashdi.
2017-yilning 1-iyulida Greg McKegg erkin agent sifatida Pittsburgh Penguins xokkey jamoasida oʻynash uchun bir yillik ikki tomonlama 650 000 dollarlik shartnoma imzoladi. Greg McKegg oʻzining yangi klubi safida oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashdi va 2017—2018-yilgi mavsum uchun Penguins klubining asosiy jamoasi roʻyxatiga kiritildi. 2017-yil 6-dekabrda Greg McKegg klubni tark etdi.
Shundan soʻng, McKegg 2018-yil 12-iyulda bir yillik ikki tomonlama shartnomaga rozilik berib, "Carolina Hurricanes' xokkey klubi safiga qoʻshildi.
2019-yil 1-iyulda Greg McKegg erkin agent sifatida „New York Rangers“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
2020-yil 14-oktyabrda Greg McKegg erkin agent sifatida „Boston Bruins“ xokkey jamoasi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Manbalar
uz.wikipedia.org