Greg Lawler




Gregory Lawler (talaffuzi: Gregori Louler) (1955-yil 14-iyulda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Ehtimollar nazariyasi hamda Schramm–Loewner evolyutsiyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2019-yil Jean-François Le Gall bilan bir qatorda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Lawler 1979-yil Princeton universitetidan PhD darajasini olgan. 1979–2001-yillarda Duke universitetida, 2001–2006-yillarda Cornell universitetida ishlagan. 2006-yildan beri Chicago universiteti xodimidir.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz