Greenlights
Greenlights (oʻzbekcha: Yashil chiroqlar) – amerikalik aktyor Matthew McConaughey 2020-yilda nashr etilgan kitobi. Kitob 2020-yil 20-oktyabrda Crown Publishing Group tomonidan nashr qilingan.
Kitob foni
Makkonahi kitobni yozish uchun ellik ikki kun davomida elektrsiz choʻlda yashshni tanlagan. Greenlights kitobi muallifning oʻn toʻrt yoshida yozishni boshlagan kundalik va jurnallarni oʻz ichiga olgan kitobdir. Aktyor kitobni „hikoyalar, ibodatlar, sheʼrlar, odamlar va joylar hamda bamper-stikerlar“ toʻplami sifatida taʼriflagan. Kitobda xronologik tartibda aktyor hayotiga oid hikoyalar va tushunchalar kiritilgan. Kitob memuar asar sifatida taʼriflangan, ammo muallif uni „yondashuv kitobi“ deb atagan.
Kitob qabuli
Kitob 2020-yil 24-oktabrda oxirgi haftasida The New York Times" nomli badiiy boʻlmagan bestsellerlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egallab, eng koʻp sotilgan kitob boʻlgan. 2022-yil fevral hisobi bilan, kitob bestsellerlar roʻyxatidan 55 hafta davomida tushmagan.
The Washington Post nashriyotida faoliyat yurituvchi Mark Atitakis Makkonahi sheʼriyatini „xushomadga boy“ deb atagan va uning donoligini bir-biriga bogʻliq boʻlmagani uchun tanqid qilib, kitobni „boʻlajak Makkonahi muxlislari uchun kerak boʻlmagan maqollar bilan toʻldirilgan“ deb atagan Oʻz sharhida The Times of India shunday deb yozgan edi: „Asar suhbatga asoslanga boʻlib, oʻqishga oson, audiokitob shaklida tinglashga arziydigan kitoblardan biridir. Aktyor-muallif asarini urgʻu berib, toʻxtalib hatto baland ovozda ham oʻqiydi. Kanadalik psixolog Jordan Peterson ʻʻMakkonahi bilan suhbat kitobida“ asarni ajoyib hikoyalar toʻplami" deya taʼriflagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org