Graziano Pellè




Graziano Pellè (talaffuzi: Gratiano Pelle; 1985-yil 15-iyulda Italiyada tugʻilgan) — italiyalik hujumchi. Italiya terma jamoasida oʻynagan.

Graziano Pellè „Lecce“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, jamoa asosiy tarkibida futbolchi 2003-yilda debyut qilgan. Graziano Pellè oʻz vatanida muvaffaqiyatli faoliyat olib bora olmagan, shuning uchun 2007-yilda u Gollandiyaning „Alkmaar Zaanstreek“ jamoasiga qoʻshilgan va bu jamoa safida 2009-yil Gollandiya chempionligini qoʻlga kiritgan.

Klublardagi faoliyati



Graziano Pellè oʻzi tugʻilgan Lecce tumanining asosiy jamoasi boʻlgan „Lecce“ futbol klubining bitiruvchisi hisoblanadi. Yoshlar jamoasida bir necha yil oʻynab, 2003-yilda jamoadagi debyutini oʻtkazgan. Birinchi mavsum davomida Graziano Pellè 10 marta maydonga tushgan, lekin bitta ham gol ura olmagan. Futbolchining debyuti „Bologna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan hamda oʻyinda „Lecce“ 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan.

Graziano Pellè Italiyaga qaytgan va „Parma“ futbol klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan. 18-dekabr kuni u „Parma“ safida debyut golini urib, sobiq futbol klubi boʻlgan „Lecce“ futbol klubi darvozasini ishgʻol qilgan (3:3).

2016-yilning iyul oyida u 13 million funt evaziga Xitoyning „Shandong Taishan“ futbol klubiga oʻtgan va 2,5 yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati



2014-yil 4-oktabrda Graziano Pellè ilk bor Ozarbayjon va Malta terma jamoalariga qarshi o‘yin oldidan milliy terma jamoa yig‘iniga chaqirilgan. 2014-yil 13-oktabrda Italiya terma jamoasi safida Malta terma jamoasiga qarshi safar o‘yinida debyut qilgan (u asosiy tarkibda maydonga tushgan) va 24-daqiqada o‘yindagi yagona golni kiritgan.

2016-yilning 6-oktabr kuni Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda Graziano Pellè maydonni tark etayotib, terma jamoa bosh murabbiyi Jampyero Ventura bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgan, buning uchun u terma jamoadan vaqtincha chetlashtirilgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz