Graviti Folz (multserial)
Gravity Falls (talaffuzi: Graviti Folz) Disney Channel va Disney XD telekanallari uchun Alex Hirsch tomonidan yaratilgan animatsion teleserialdir. Multserial 2012-yilning 15-iyunidan 2016-yilning 15-fevraliga qadar efirga uzatilgan. Serial yozgi taʼtilni Stan (Hirsch ovoz bergan) amakisinikida oʻtkazayotgan Dipper Pines (Jason Ritter ovoz bergan) va uning egizi Mabel (Kristen Schaal ovoz bergan) ismli opa-ukaning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Voqealar Oregon shtatidagi Gravity Falls nomli xayoliy shaharda boʻlib oʻtadi.
Serialning 2012—2016-yillar orasida ikki mavsumi ishlanib, Disney Channel va Disney XD telekanallari orqali efirga uzatildi. Ikkinchi mavsumning soʻnggi qismi „Weirdmageddon 3: Take Back The Falls“, deb nomlanib, 2016-yilning 15-iyunida efirga uzatildi.
Gravity Falls tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Seriak koʻplab mukofotlarga sazovor va nomzod boʻldi, jumladan ikki marta Emmy Awards, uch marta Annie Awards va bir marta BAFTA Childrenʼs Awardga loyiq koʻrildi.
Qahramonlar
Bosh qahramonlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org