GRASIAN FLAVIY



GRASIAN FLAVIY (Flavius Greatianus) (359.18.4, Sirmiy — 383.25.8, Lugdunum) — Rim imperatori (367-383). 367 yildan otasi Valentinian I (364-375) bilan birgalikda Rim imperiyasining g’arbiy qismini boshqargan. Xristian dinining tarafdori bo’lgani uchun majusiy kohinlarni daromad va imtiyozlardan mahrum qilgan. 382 yil Senatdan majusiylik ramzi — Zafar mehrobini olib tashlash haqida farmon bergan. 378-yildan alemannlar va gotlarga qarshi urush olib borgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz