Granosiyenit




Granosiyenit — intruziv togʻ jinsi. Mineral tarkibiga koʻra granit bilan siyenit oraligʻida. Strukturasi toʻliq kristallangan, donali, teksturasi massiv. Mineral tarkibi siyenitga juda ham yaqin, undan faqat 15% dan ortiqroq kvars minerali borligi bilan farq qiladi. Undan tashqari G. tarkibida kaliyli dala shpati (ortoklaz, mikroklin yoki pertit) 50% dan 70% gacha, nordon plagioklaz 10% dan 30% gacha, rangli minerallar 10% dan 20% gacha boʻladi. Aksessor minerallardan G.da apatit, sirkon, sfen va magnetit uchraydi. G. Qurama togʻlarida tarqalgan. Imoratlar poydevori, yer osti yoʻllarini bezashda ishlatiladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz