GRANIT (GRANIT) RAGNAR
GRANIT (GRANIT) RAGNAR (1900) — Shvetsiya neyrofiziologi. Shvetsiya Fanlar Akademiyasi prezidenti (1963-65). Ko’rishdagi birlamchi neyrofiziologik jarayonlar (ko’z pardasi alohida neyronlarining bioelektr potentsiallari) ustida tadqiqot olib borgan. Harakatning Markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarilishiga oid asarlar yozgan. Nobel mukofoti laureati (1967; J. Uold va X. Xartlayn bilan hamkorlikda).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish
Uzpedia.uz